uz en ru

Biz haqimizda

  Davlat budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2007-yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-594 sonli "Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Moliya vazirligi G'aznachiligi tashkil etildi.

  Asosiy vazifalar:

   - Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish

   - tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan yagona g‘aznachilik hisob raqamida bo‘lgan Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish

   - budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari budjetlarining mablag‘lari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish

   - xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash

   - Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish

   - O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi gumanitar yordamning to‘liq hamda tizimli hisobini yuritish

   - davlat xaridlari jarayoni ustidan monitoring olib borish

   - xo‘jalik subyektlarini noinsof yetkazib beruvchilar reyestriga kiritishga doir takliflar ishlab chiqish

   budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini ta’minlash

   - valyuta mablag‘lari hisobidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari (kreditlari)ni qaytarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Moliya vazirligi tomonidan to‘lovlari amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash

   - valyuta mablag‘larini boshqarish, chet el valyutasidagi mablag‘larni depozitlarga joylashtirish hamda budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi PF–269-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G'aznachilik xizmati boshqarmasi deb tashkil etildi.