
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 oktyabr kuni energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Davlat rahbari bu haqda bir hafta oldin kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilishda ko‘rsatma bergan edi. Shu asosida kuz-qish mavsumida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash va bir maromda yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boradi. So‘nggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi iste’moli 20 foizga, jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.
